AQSh Federal qidiruv byurosi 1945 yilda Adolf Gitlerning Argentinaga qochib ketganligi to‘g‘risidagi taxminni ko‘rib chiqqan. Bu haqda FQB saytida e’lon qilingan hujjatda aytiladi.
Hujjatda qayd etilishicha, nemis natsional-sotsialistlari yetakchisi suvosti kemasida Argentinaga yetib borgan va And tog‘ tizmasining janubiy qismidan boshpana topgan. Maxfiy manbaning ma’lumotiga ko‘ra, bunda unga Lotin Amerikasi mamlakatining yuqori lavozimdagi amaldorlari yordam berishgan.
Foto: U.S. Department of Justice
Hujjatda Gitler bilan birgalikda yana 50 nafar natsistning nomi keltirilgan. Barcha voqealar Berlin qulashidan (1945 yil may) ikki hafta o‘tganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Bu hisobot 1945 yil 21 sentyabrda taqdim etilgan.
Foto: U.S. Department of Justice
Ma’lumotlar FQBning birinchi direktori Edgar Guverga berilgan. AQSh harbiy razvedkasi ham mazkur ma’lumotlarga ega bo‘lgan. Ular mazkur surishtiruvni to‘liq emas deb hisoblashgan va Gitlerni qidirmaslikka qaror qilishgan.
Rasmiy talqinga ko‘ra, Adolf Gitler va uning xotini Yeva Braun 1645 yil 30 aprelda Berlinda o‘z jonlariga qasd qilishgan. Ularning jasadlari reyxskanselyariya bog‘ida kuydirib tashlangan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi