Qozog‘iston prezidenti, hukmron “Nur Otan” partiyasidan markaziy saylov komissiyasiga prezident saylovlari uchun nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tish uchun ariza bergan Qosim-Jomart Toqayev davlat tili, ya’ni qozoq tilini bilish bo‘yicha imtihon topshirdi.
“Biz, ehtimol, eng asosiy da’vogar – amaldagi Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevdan imtihon qabul qildik. U davlat tilini mukammal biladi”, deb xabar qilgan lingvistik komissiya raisi Mirzatoy Joldasbekov.
Davlat tilini erkin bilish Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod sifatida qayd qilinish uchun majburiy hisoblanadi.
Shuningdek, Qozog‘iston qonunchiligiga ko‘ra, nomzod Qozog‘istonda tug‘ilgan, oxirgi 15 yil mamlakatda yashagan, oliy ma’lumotli va 40 yoshdan kichik bo‘lmasligi kerak. U, shuningdek, kamida 5 yil davlat ishi yoki davlat lavozimlarida ishlagan bo‘lishi lozim.
Qozog‘istonni deyarli 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni prezident vakolatlarini topshirdi. Uning o‘rnini bungacha parlament senati raisi bo‘lgan Toqayev egalladi. 23 aprelda “Nur Otan” partiyasi qurultoyida Nazarboyev 9 iyunda o‘tadigan navbatdan tashqari prezident saylovlarida ishtirok etish uchun Toqayev nomzodini ilgari surdi.
“Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
O‘zbek futbolchilari qilgan ishni ko‘pchilik uddalay olmagan!
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Green Card javoblari qachon chiqishi e’lon qilindi
YECHL. “Bavariya” va “Real” o‘rtasidagi dastlabki uchrashuvda jangovar durang qayd etildi
Toshkentdan Chorvoqqa avtobus qatnovi boshlandi
Mask Ukraina va AQSH o‘rtasidagi muzokaralarni bir so‘z bilan ta’rifladi