date
views 3 810

Birinchi xonim Melaniya Tramp noʻxatgulli libosda (foto, video)

Birinchi xonim Melaniya Tramp noʻxatgulli libosda (foto, video)
Birinchi xonimlar nafaqat jamoatchilik balki moda olamining tanqidchilari e’tiborida ham bo‘lishadi. Ayniqsa, AQShning birinchi xonimi Melaniya Trampning yurish-turishi, o‘zini tutish madaniyati barchaning diqqat markazida. AQSh Prezidentining rafiqasi Atlanta shahridagi tadbirda ishtirok etdi. Bu gal ham jurnalistlar uning imiji haqida fikr bildirmasdan to‘xtashmadi.

Birinchi xonim bu safar Donald Trampning rafiqasi qiyofasida emas, o‘zgacha ko‘rinishda tashrif buyurdi. U tadbirda Alessandra Rich brendi ostidagi no‘xatgulli oq ko‘ylak va qora kamar hamda Manolo Blahnik nomi ostidagi mashhur tuflida ko‘rinish berdi. Tadbirdan olingan barcha suratlar uning instagram sahifasiga joylangan. Amerika Prezidenti esa qora kostyum-shim va apelsin rangli galstukda bo‘lgan.

Teleprogramma.pro nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Melaniya Tramp universitetni tugatmagan. Lyublyana universitetiga o‘qishga kirgan va model sifatidagi faoliyatini boshlash uchun birinchi kursdan o‘qishni tark etgan.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Birinchi xonim Melaniya Tramp noʻxatgulli libosda (foto, video)