
Foto:«Interfaks»
Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Vladimir Putinning ishchanligi va uxlamasligini ta’kidladi. Bu haqda Xabar.uz yozmoqda.
Peskovning so‘zlarigi ko‘ra, Putin «doimo davlat ishlari bilan mashg‘ul».
«U axir Putin, uxlamaydi, ishlaydi»,—degan Peskov jurnalistlarga tabassum bilan.
Vladimir Putin 2000 yildan beri Rossiyaga rahbarlik qilmoqda (faqat 2008-2012 yillarda bu lavozimni Dmitriy Medvedev egallagandi). So‘nggi yillarda Putinning boshqaruvi ostida Rossiya tomonining G‘arb bilan munosabatlari yaxshi emas. Bunga Qrimning egallab olinishi, Ukrainadagi boshqa voqealar katta ta’sir ko‘rsatdi. G‘arb tomoni Rossiyani okkupatsiyada ayblasa, Kreml bu aylovlarni hamon inkor etmoqda. Sanksiyalar oqimi esa mamlakat iqtisodiyotiga tobora yomon ta’sir etmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar