Ukraina prezidenti saylovlarida g‘alaba qozongan Vladimir Zelenskiy uning yaxtada dam olishi haqida OAVda tarqalgan xabarlarga izoh berdi.
Siyosatchi juma kuni oilasi bilan bir necha kun Turkiyada dam olmoqchi ekanligini, to‘rt oydan buyon dam olmasdan ishlaganini ma’lum qildi. So‘ngra ayrim nashrlarda Zelenskiy dam olish kunlarini uzunligi 40 metrli yaxtada o‘tkazishni rejalashtirgani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Ukrainaning yangi saylangan prezidenti matbuot xizmati bu xabarlarni yolg‘on deb atadi.
"Men oddiy odamman. Va haqiqat tarafdoriman. Menga yaxtalar va villalarning keragi yo‘q. Shunchaki ikki kun oilam va farzandlarim bilan bo‘lmoqchiman", — deya Zelenskiydan iqtibos keltiradi Capital.ua.
Vladimir Zelenskiy 21 aprel kuni Ukraina prezidentligi uchun o‘tkazilgan saylovning ikkinchi turida raqibi, amaldagi prezident Petro Poroshenkoni katta farq bilan ortda qoldirib g‘olib bo‘ldi - u saylovda ishtirok etgan ukrainlarning 73,22 foiz ovozini olishga erishdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
O‘zbekiston sobiq bosh prokurorining qidiruvdagi o‘g‘li Dubayda 7,9 mln dollarlik ko‘chmas mulkka egalik qiladi
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
Messining salkam 1 million dollarga sotilgan salfetkasi haqida
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi