
Maxsus vakil Zalmay Xalilzod boshchiligidagi AQSH delegatsiyasi va “Tolibon” harakati Afgʻonistondan Amerika qoʻshinlarini olib chiqib ketish boʻyicha kelishuvga erishish uchun Qatarda navbatdagi muzokaralarni boshlaydi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar qildi.
Xabarga koʻra, Xalilzod “Tolibon” siyosiy ofisi rahbari mulla Abdul Gʻani Baradar bilan uchrashgan, ular afgʻon muammosini tinch yoʻl bilan hal etish borasida fikr almashgan.
Qatar hukumati hozircha Dohada yangi muzokaralar boʻlib oʻtishini tasdiqlamagan.
Amerika delegatsiyasi va “Tolibon” oʻrtasida mart oyida muzokaralar boʻlib oʻtgandi. Tomonlar uning sermahsulligini qayd etishgan, ammo Afgʻonistondan AQSH qoʻshinlarini olib chiqib ketish boʻyicha kelishuv imzolanmagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar