date

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod qozoq tili bo‘yicha imtihonidan «yiqildi»

Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod qozoq tili bo‘yicha imtihonidan «yiqildi»
Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod, jamoat arbobi Jumatay Aliyev davlat tili bo‘yicha testda qozoq tilini yaxshi bilmasligini ko‘rsatgan. Bu haqda Qozog‘istonning Bnews.kz nashriga iqtibos keltirgan holda Xabar.uz nashri ma’lum qilmoqda.

Qozoq tilini mukammal bilish prezident lavozimiga da’vogarlarning saylovlarda ishtirok etishga qo‘yilishi uchun zaruriy shart hisoblanadi.

«Nomzodning barcha javoblarini har tomonlama muhokama qilib, u davlat tilini to‘liq bilmasligi haqidagi xulosaga keldik. U tomonidan yozma ishda juda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘yilgan – umumiy hisobda imloviy va stilistik 19 ta xato», deb izoh bergan markaziy saylov komissiyasi a’zosi Odil Axmetov.

Aliyev davlat tilini yaxshi bilmasligi sababli prezident kursisi uchun kurashdan chiqqan.
Qozog‘iston prezidenti saylovlari shu yilning 9 iyunga belgilangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston prezidenti lavozimiga nomzod qozoq tili bo‘yicha imtihonidan «yiqildi»
LiveInternet