Filippinda dunyodagi eng qimmat kurort ochildi. Bu haqda Daily Mail'ga tayanib Kun.uz nashri xabar berdi.
Banwa Private Island deb nomlanuvchi ushbu kurort Palavan arxipelagidagi butun boshli orolni egallagan. Mehmonlar u yerga Maniladan havo orqali yetib boradilar: 9 o‘rindiqli gidrosamolyotdagi parvoz narxi 990 dollarni, 5 o‘rindiqli vertolyotda esa 11,6 ming dollarni tashkil qiladi.
Kurort 6 ta villadan tashkil topgan bo‘lib, ularda bir kun yashash narxi 100 ming dollargacha yetadi. Ulardan har birida okean bilan tutashgan alohida suv havzasi mavjud.
Mehmonlar kurortda suv osti suzishi va yoga bilan shug‘ullanishlari, spa va restoranlarga tashrif buyurishlari, suv mototsikllarida va katamaranlarda uchishlari, tennis, golf o‘ynashlari mumkin. Orolda dengiz toshbaqalari va boshqa dengiz jonzotlarini uchratish mumkin, ular haqida mehmonlarga kurort mutaxassisi so‘zlab berishi mumkin.
Mehmonxonadagi taomlar orolda yetishtirilgan meva va sabzavotlardan hamda o‘sha yerda tutilgan dengiz jonzotlaridan tayyorlanadi.
Ta’kidlanishicha, villalarni 3 kundan kam muddatga buyurtirib bo‘lmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Husiylar O‘rtayer dengizida Isroilga ketayotgan kemalar o‘qqa tutilishini e’lon qildi
U-23 Osiyo kubogi. Abduvohid Ne’matov turnirning eng yaxshi darvozaboni deb topildi!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Ukraina milliy banki noxush ma’lumotni oshkor etdi
Organizmda gormonlar bilan bog‘liq muammo borligini bildiradigan simptomlar
Saudiya Arabistonida 100 ming nafargacha o‘zbekistonliklar doimiy ishga joylashtirilishi mumkin
Yetti nafar o‘zbekistonlik mehnat muhojiri Qozog‘istondan chiqarib yuborildi
Tbilisida noma’lum shaxslar namoyishchilarga hujum qildi