date
views 5 976

“Taxt o‘yinlari”dagi kulgili xato va kamchiliklar (foto)

“Taxt o‘yinlari”dagi kulgili xato va kamchiliklar (foto)
“Taxt o‘yinlari” serialining yangi mavsumi teletomoshabinlarni xursand qilayotgan bo‘lsa-da, ashaddiy muxlislar serial ijodkorlarining ba’zi xatolarini topishmoqda, deya xabar berdi Darakchi.uz nashri.

1. Serial 8-mavsumining 4 epizodidagi 17:39 daqiqasida Vinterfell uchun kechgan jangdan so‘nggi bazm sahnasida Deyeneris oldida butun dunyoga mashhur “Starbaks” kompaniyasiga tegishli qog‘oz stakandagi qahvani ko‘rish mumkin.

2. 7-mavsumdagi epizodlardan birida orqa planda oq pikapni ko‘rish mumkin. Ammo bu xato o‘z tasdig‘ini topmadi. Negaki ushbu kadr serial haqidagi hujjatli filmdan olingan ekan.

3. 7-mavsumning so‘ngida ajdaholardan biri Tun Qirolining muz nayzasidan halok bo‘lib, suv ostiga tushib ketadi. Ammo uni tortib chiqayotgan oq piyodalar kattakon zanjirlarni qayoqdan oldi ekan?

Ushbu xato-kamchiliklarga qaramay, “Taxt o‘yinlari” hozirgi kunda dunyoda eng sevib tomosha qilinayotgan serial hisoblanmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Taxt o‘yinlari”dagi kulgili xato va kamchiliklar (foto)