date
views 4 253

Qozog‘istonlik ishbilarmon ayol «Koinot go‘zali» tanlovida g‘olib bo‘ldi (video)

Qozog‘istonlik ishbilarmon ayol «Koinot go‘zali» tanlovida g‘olib bo‘ldi (video)
Foto: Sputnik
O‘ttiz yetti yoshli qozog‘istonlik Leyla Kuljanova «Koinot go‘zali» mukofotini qo‘lga kiritdi, bu haqda Sputnik xabar beradi.

Universe Beauty 2019 go‘zallik tanlovi Turkiyada o‘tkazildi. 1—8 may kunlari o‘tkazilgan tanlovda 20 dan ortiq mamlakat ishtirokchilari qatnashdi.

Universe Beauty go‘zallik, moda, iste’dod bo‘yicha eng obro‘li festival hisoblanadi.
View this post on Instagram

Мировой Финал Международного Конкурса Красоты и Моделей «World Beauty 2018» состоится в Москве, с 30 ноября по 3 декабря . Казахстан представляет - Модель Айны Тогусовой, Миссис Семей 2018, Миссис Казахстан 2018, Миссис Азия 2018, Миссис FHI 2018- Лейла Кульжанова . @vadimkhusainov_official @world_russian_beauty @worldbeauty_official @almaz.fh @fashion_house_kaz @ainatogusova @leilakulzhanova_2609 #fhi#wb#wrb#модельнаяшколаайнытогусовой #семей#вко#казахстан #россия#москва#миссиссемей2018 #миссис #кульжановалейла #модель #model

A post shared by Кульжанова Лейла Владимировна (@leilakulzhanova_2609) on


Tanlovda turli davlatlardan xalqaro tanlov g‘oliblari ishtirok etadi. Tanlovning birinchi bosqichida modellar milliy va sport liboslarda ishtirok etadi. Yakuniy bosqichda tanlov qatnashchilari kechki liboslarda podiumga chiqadi.

Leyla Kuljanova Qozog‘iston Xalq bankining «Xalik-Life» sug‘urta sho‘’ba korxonasining direktori, shuningdek, Qozog‘iston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasining a’zosi hisoblanadi.

Kuljanova ikkita oliy ma’lumotga ega — yuridik va moliya, kandidatlik dissertatsiyani himoya qilgan. Ikki nafar farzandi bor.
U o‘tgan yili «Miss Oila 2018» mukofotini qo‘lga kiritgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonlik ishbilarmon ayol «Koinot go‘zali» tanlovida g‘olib bo‘ldi (video)