06:00 / 10.05.2019
2 867

Devid Bekxem haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi

Devid Bekxem haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi
Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Devid Bekxem mashina boshqarish vaqtida telefonda gaplashgani uchun yarim yilga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Voqea Londonda 2018 yil noyabr oxirida yuz bergan. O‘tkinchi odam sobiq futbolchining Bentley mashinasini boshqara turib telefonda gaplashayotganini suratga olib, suratlarni politsiyaga topshirgan. Prokuror Mettyu Spratning tushuntirishicha, Bekxem mashinani sekin haydayotgan bo‘lgan, biroq smartfoniga chalg‘ib, yo‘ldan ko‘zini uzgan. Bu esa qonunbuzarlik hisoblanadi.

Shu tariqa Bekxem avval tezlikni oshirgani uchun olgan 6 jarima baliga yana qo‘shimcha 6 ball olgan. Britaniyada 12 yoki undan ko‘proq jarima bali olgan haydovchi o‘z guvohnomasidan mahrum etiladi.

Shuningdek, sobiq futbolchiga 750 funt sterlinglik jarima hamda 175 funt sterling qo‘shimcha xarajatlarni, jami 1200 funt sterling to‘lab berish majburiyati yuklangan.

Bekxem futbolchilik faoliyatini 2013 yilda yakunlagan. U o‘z vaqtida “Manchester Yunayted”, “Real”, PSJ, “Milan” va “Los-Anjeles Gelaksi” klublarida to‘p surgan. Angliya, Fransiya, Ispaniya chempionatlarida hamda Chempionlar ligasida g‘olib bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Devid Bekxem haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi