date
views 2 917

Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovga “Do‘stlik” ordenini topshirdi

Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovga “Do‘stlik” ordenini topshirdi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev USM Holdings muassisi, tadbirkor Alisher Usmonovga “Do‘stlik” ordenini topshirdi, deb xabar berdi Kun.uz Oqo‘rda matbuot xizmatiga tayanib.

RBK nashrining ma’lumot berishicha, Usmonov 1-darajali «Dostik» ordeni bilan 2018 yil dekabrda, o‘sha paytdagi prezident Nazarboyevning farmoni bilan mukofotlangan. Ammo ordenni topshirish marosimi olti oydan so‘ng o‘tkazildi.

Foto: akorda.kz
Bu Usmonovning Qozog‘iston davlat mukofoti bilan birinchi marta mukofotlanishi emas. U 2011 yilda 2-darajali «Dostik» ordeni bilan mukofotlangan. O‘sha yili Usmonovga Janubiy Osetiya Faxri ordeni ham topshirilgan. Usmonov shuningdek, «El-yurt hurmati» (O‘zbekiston, 2018 yil) va «Italiya Respublikasi oldidagi xizmatlari uchun» ordenlari (Italiya, 2016 yil) bilan mukofotlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nursulton Nazarboyev Alisher Usmonovga “Do‘stlik” ordenini topshirdi