Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qo‘shma Shtatlar bilan to‘laqonli munosabatlarni tiklashga intilayotgani haqida ma’lum qildi. Bunday bayonot seshanba kuni Rossiyaning Sochi shahrida AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo bilan uchrashuv davomida berildi.
Putin davlat kotibi Pompeo bilan suhbatda AQSh prezidenti Donald Tramp «Rossiya-Amerika aloqalari va munosabatlarini qayta tiklash niyatidaligi» haqidagi o‘z taassurotlarini gapirdi. Putin Sochidagi «Bocharov Ruchey» rezidensiyasida Pompeo bilan muzokaralar avvalida jurnalistlar oldida chiqish qilib, shu haqda aytib o‘tdi, deya xabar beradi Kun.uz.
Vladimir Putin 2016 yil AQShdagi prezidentlik saylovlariga Rossiya aralashuvi bo‘yicha maxsus prokuror Robert Myullerning hisoboti e’lon qilinganiga ham izoh berdi. Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, «Myuller komissiyasi ishining g‘ayritabiiy ekaniga qaramasdan, unga rahmat deyish kerak, umuman olganda, u ob’ektiv tekshiruv o‘tkazdi». Rossiya prezidentining aytishicha, Myuller hisoboti «AQSh amaldagi ma’muriyati va Rossiya o‘rtasida hech qanday til biriktirish bo‘lmaganini tasdiqladi».
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda AQSh va Rossiya strategik barqarorlikni saqlab qolish, ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatmaslik, mintaqaviy inqirozlarni bartaraf etish, uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, ekologik muammolarni hal qilish va dunyoda qashshoqlikni yo‘qotish sohasida umumiy manfaatlarga ega. Iqtisodiy sohada, jumladan «jahon energetika bozorlarida barqarorlik» masalalari katta qiziqish uyg‘otadi.
Mayk Pompeo Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muloqotni «samarali», deb atadi. Davlat kotibining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar va Rossiya «umumiy manfaatlarga ega va mamlakatlarimiz hamkorlik qilishi mumkin bo‘lgan sohalar mavjud». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi