
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayevga Atirau viloyati politsiya departamenti boshlig‘i Ayan Duysembayevning o‘zini nokamtar tutishi holatini tekshirishga ko‘rsatma berdi.
“Turgumbayevga Atirau viloyati politsiya departamenti boshlig‘iga nisbatan o‘zini nokamtar tutishi yuzasidan xizmat tergovi o‘tkazish vazifasi topshirildi. Qat’iy choralar ko‘riladi”, deb yozgan Toqayev tvitterda.
Ta’kidlanishicha, Duysembayevga qarshi tergov u otni sovg‘aga olib, so‘ngra qo‘l ostidagilari olqishlari ostida otni minayotgani videosining ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgani bilan bog‘langan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar