Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi boshlig‘i Idris Qodirqulov iste’foga chiqishga ariza berdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatiga tayanib Kun.uz ma’lum qildi.
Qodirqulovning ta’kidlashicha, OAVda va jamoatchilikda qo‘mita go‘yoki Davlat ro‘yxatga olish xizmati tomonidan biometrik pasportlar blankalarining xarid qilinishi bo‘yicha materiallarni noxolis ko‘rib chiqayotgani va bu ishning bir tomonlama hal qilinishidan manfatdorligi muhokama qilinmoqda.
Qo‘mita boshlig‘i shu vaziyatni inobatga olib, iste’foga chiqishga qaror qilgan.
Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmatida davlat rahbari Sooronbay Jeenbekov Qodirqulovning iste’fosini qabul qilgani ma’lum qilingan. U bu lavozimda bir yildan sal ko‘proq ishlagan.
Avvalroq qo‘mita sud qaroriga ko‘ra Davlat ro‘yxatga olish xizmati raisi o‘rinbosari Ruslan Saribayev, stats-kotib Daniyar Bakchiyev va “Infokom” korxonasi direktori Talant Abdullayevni hibsga olgan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Abdullayev Litvaning “Garsu pasaulis” vakili bilan Olmaotadagi restoranda uchrashgan.
Litva kompaniyasi yangi avloddagi biometrik pasport blankalarini yetkazib berish bo‘yicha tenderni yutgan. Biroq qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, Litva kompaniyasi taklifi narx bo‘yicha eng pasti bo‘lmagan. Davlat ro‘yxatga olish xizmatida ta’kidlanishicha, kompaniya bilan shartnoma tuzilmagan.
Shundan keyin Litva kompaniyasi Qirg‘iziston Davlat ro‘yxatga olish xizmati rahbariyati bilan bog‘liqligini rad etgan bayonotni tarqatgan. Kompaniyada ham Qirg‘izistonda, ham xalqaro arbitraj sudida o‘z sha’nini himoya qilish uchun barcha choralar ko‘rilishi e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi