3 473
Emomali Rahmon Tojikiston moliya, soliq va bojxona xizmati xodimlarini «elakdan o‘tkazish»ga ko‘rsatma berdi
Foto: Sputnik
Tojikiston hukumati moliya, soliq, bojxona, bank sohalari amaldorlarining malaka darajasi va daromadini tekshirib chiqadi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Buning uchun maxsus vakolatli komissiya tashkil qilinadi. Iyun oyida mansabdor shaxslar attestatsiyadan o‘tkaziladi.
10 may kuni Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon moliya, soliq va bojxona xizmati xodimlari bilan yig‘ilish o‘tkazgan va ushbu tarmoqlarda xizmat qiluvchi xodimlar orasida korrupsiya holatlari ko‘payganini ko‘rsatib o‘tgan.
Prezident ushbu masalada tartib o‘rnatish yuzasidan mamlakat bosh vaziri Koxir Rusulzodaga topshiriq bergan. Rahmon bu tizimlarni «elakdan o‘tkazish» kerakligini alohida ta’kidlab o‘tgan.
Rahmon amaldorlarni attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha komissiya tuzishni taklif qilgan. Komissiya xodimlarning daromad deklaratsiyalariga e’tibor qaratadi.
Tojikiston prezidentiga ko‘ra, Korrupsiyaga qarshi idora, Moliya vazirligi, Soliq qo‘mitasi va Bojxona xizmati xodimlari o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulklarni yashirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent viloyatida 17 ta noqonuniy mayner davlatga 16 milliard so‘m zarar yetkazdi
Abduqodir Husanov va Hojimat Erkinov klubi ixtiyoriga qaytdi
AQSHda MXA sobiq xodimi Rossiya foydasiga josuslik qilgani uchun 21 yilga qamaldi
O‘zbekiston Bibixonim masjidini rekonstruksiya qilayotgan Qatarga minnatdorlik bildirdi
O‘zbekistonliklar Saudiyaga tibbiyot va mehmonxona sohalari bo‘yicha ishga yuborilishi mumkin
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
Filippinda qurib qolgan suv to‘g‘oni ostida 300 yillik shahar qoldiqlari topildi