AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z ma’muriyatining yangi migratsiya siësatini taqdim qildi. Loyihada AQShga qonuniy migrantlarni qabul qilishda ularning amerikadagilar bilan qarindoshlik aloqalari emas¸ balki professional saviyasini asosiy mezon qilish ko‘zda tutilgan.
Hozirda AQSh ga kelaëtgan qonuniy muhojirlarning 66 foizi o‘z yaqin qarindoshlarining Amerikada yashaëtgani¸ bor-yo‘q 12 foizi mehnat shartnomasi va professional kvalifikatsiya asosida migratsiya vizasi olmoqda.
Tramp taklif qilaëtgan rejaga muvofiq¸ yuqori malakali mutaxassislarning AQSh ga qonuniy ko‘chib kelishi uchun beriladigan kvota besh baravarga oshadi.
Trampga ko‘ra¸ AQSh qolgan davlatlardan ësh¸ yaxshi o‘qigan va ingliz tilini yaxshi biladigan malakali kadrlarni qabul qilishi lozim.
Bunday mezonlar asosida migratsiya vizasi berish tizimi Avstraliya¸ Kanada va Yangi Zelandiyada joriy qilingan.
Tramp loyihasi shuningdek AQShda qonuniy yashash va ishlash haqqini beruvchi Green Card lotereyasini ham bekor qilishni ko‘zda tutadi.
1991 yildan beri o‘ynalaëtgan bu lotereya asosida yiliga 50 ming xorijlik AQShga ko‘chib kelmoqda. Tramp Green Card o‘rniga o‘z sohasida favqulodda muvaffaqiyatga erishganlar uchun alohida dastur ochishni taklif qilmoqda.
Yangi rejaning amalga ko‘chishi uchun u muxolif demokratlar nazoratidagi Kongress tasdig‘idan o‘tishi kerak. Ammo yetakchi demokratlar bu rejaning «tug‘iliboq o‘lgani»ni aytmoqdalar. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi