Foto: «Regnum»
Amerikalik milliarder, saxovatpesha va sarmoyador Robert Smit o‘ziga faxriy doktorlik darajasi berilgan ta’lim muassasasida nutq so‘zlarkan, bu yilgi barcha bitiruvchilarning ta’lim kreditlarini to‘lab berishga so‘z berdi. Bu haqda «Xabar.uz» ma’lum qildi.
Smit hozir 56 yoshda, sobiq muhandis-kimyogar, «Vista Equity Partners» kompaniyasi bosh direktori, Morhaus kollejiga stipendiyalar va park qurish uchun avval 1,5 million dollarlik yordam bergan. Bitiruvchilarning ta’lim kreditlari esa qariyb 40 million dollar. Kollej vakilining aytishicha, ta’lim muassasasi o‘z tarixida bunchalik katta sovg‘a olmagan.
Senator hamda AQSh prezidentligiga nomzod Berni Sanders o‘z tvitterida Smitning qarorini alqadi, biroq bu bilan ish bitmaydi:
«Juda soz. Ammo talabalarning muammosini saxovat bilan hal qilib bo‘lmaydi. Bunga hukumat darajasida aralashuv kerak». “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Hatto meva mumkin emas: jigar uchun zararli uch odat
Chet el valyutalarining o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymati belgilandi
Pentagon Ukraina yuzasidan kutilmagan muammoga duch keldi
Asab tolalarini mustahkamlashda muhim bo‘lgan vitaminlar
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Falastin prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
Germaniyada rossiyalik shaxs ikki ukrainalik harbiyni pichoqladi
Timur Kapadze tarixiy natija qayd etilganidan so‘ng nimalar dedi?