
Giyenasimon it arslonning komidan qutulib qoldi, deb xabar berdi Darakchi.uz nashri.
Voqea Zimbabvedagi Xvange milliy parkida sodir bo‘lgan. Giyenasimonlar antilopani yeb bitirishayotgandi. Shu dam kutilmaganda ularga arslon tashlanadi. U giyenasimonlardan birini tishlab oladi. Arslon og‘zida giyenasimon it o‘zini o‘likka solib shalvirab turaverdi.
Shunda arslonning e’tiborini boshqa giyenasimon tortadi va u og‘zidagi tashlab chopadi. O‘zini o‘likka solgan esa darhol juftakni rostlaydi. Oqibatda arslon o‘ljasiz qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar