16:47 / 21.05.2019
2 758

«Taxtlar o‘yini» serialining final qismi AQShda rekord darajada tomosha qilindi

«Taxtlar o‘yini» serialining final qismi AQShda rekord darajada tomosha qilindi
Foto: «Izvestiya»
AQShda «Taxtlar o‘yini» seriali yakuniy mavsumining so‘nggi qismini 19 milliondan ortiq odam tomosha qildi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, «Daryo» xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, sakkizinchi mavsumning oltinchi qismi efir vaqtida, shuningdek, HBO GO va HBO NOW platformalarida jami 19,3 million marta ko‘rilgan. Mazkur ko‘rsatkich nafaqat serial uchun, balki HBO kanali uchun ham rekord darajaga aylandi.

Bundan oldingi rekord serialning beshinchi qismiga tegishli edi — 18,4 million marta ko‘rilgan.

HBO ma’lumotlariga ko‘ra, «Taxtlar o‘yini» serialini dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlaridan turib ko‘rish mumkin, biroq ko‘plab bozorlardan ma’lumotlarni olish qiyinligi sabab, uning butun dunyo bo‘ylab necha marotaba ko‘rilganini bilishning imkoni yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Taxtlar o‘yini» serialining final qismi AQShda rekord darajada tomosha qilindi