
Foto: «Ruherald» / Richard Fillips.
Amerika hukumati aybsiz qamalib, 46 yil umrini panjara ortida o‘tkazgan Richard Fillipsga 1,5 million dollar tovon to‘laydi. Bu haqda «Xabar.uz» sayti «CBS News»ga asoslanib yozmoqda.
Ta’kidlanishicha, prokuratura ikkinchi urinishdan so‘ng tovon pulini to‘lashga ko‘ngan.
Fillipsni qotillikda ayblab, 1971 yili bir umrga qamashgan. Oradan uzoq yillar o‘tib u hech kimni o‘ldirmagani, guvoh yolg‘on ko‘rsatma bergani ma’lum bo‘ldi.
Fillips qamoqxonadaligi paytida tasviriy san’atga qiziqib qolgan va u hozir yaxshigina rassom. Ayrim asarlari minglab dollarga sotilmoqda.
«Ular menga tovon to‘lashadimi-yo‘qmi, farqi yo‘q», — ta’kidladi Fillips.
Amerika HukumatiRichard FillipsYilQamoqda O‘tirganTovon PullariTasviriy San’atQotillikda Ayblangan O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar