“Love is...” saqichidagi yoqimli rasmlar ortida fojiali sevgi tarixi yashiringan

“Love is...” saqichi bir paytlar ichidagi kichik rasmlari bilan millionlab odamlarning yodida qolgan. Bu rasmlardagi o‘g‘il va qizcha obrazlari oddiy tijoriy g‘oya emas, balki Kim Kasali va uning turmush o‘rtog‘i Roberto o‘rtasidagi sevgidan paydo bo‘lgan.
Kim 1960-yillar oxirida Roberto uchun salfetkalarga kichik rasmlar chizib berardi. Ularda sevgi haqida qisqa, sodda fikrlar va ikki qahramon aks etardi. Vaqt o‘tib, bu chizgilar “Love is...” komikslariga aylandi va turli mamlakatlarda mashhur bo‘ldi.
Biroq bu tarixning og‘ir tomoni ham bor. 1975 yilda Robertoga davosi yo‘q saraton tashxisi qo‘yildi. Kim eri bilan ko‘proq vaqt o‘tkazish uchun komikslarni chizishni boshqa rassomga ishonib topshirdi.
Roberto 31 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. U va Kim avvaldan uning genetik materialini saqlab qo‘yishgan edi. Shu sabab Roberto vafotidan bir yarim yil o‘tib, Kim o‘g‘il farzandli bo‘ldi. Bu voqea o‘sha davrda ko‘pchilikni hayratga solgan.

Kim Kasali 55 yoshida vafot etdi. Lekin u yaratgan “Love is...” qahramonlari yashab qoldi. Keyinchalik Intergum kompaniyasi ularni saqichlar orqali ommalashtirdi va bu obrazlar muhabbat haqidagi eng taniqli ramzlardan biriga aylandi.































Izohlar 0
…