Foto: «Moskva24»
NATO Qrimni Rossiyaga tegishli deb tan olmaydi va Moskvani o‘z qo‘shinlarini yarimoroldan olib chiqib ketishga chaqirdi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi harbiy qo‘mita raisi Styuart Pich ma’lum qildi, deb xabar berdi «RIA Novosti»ga tayanib "Daryo".
«Alyans Qrimning Rossiya tomonidan noqonuniy va adolatsiz ravishda qo‘shib olinishiga (anneksiya) rozi emas va rozi bo‘lmaydi ham», — deydi Pich.
Bundan tashqari Pich Rossiyadan Azov dengizidagi mojaroda qo‘lga olingan ukrainalik dengizchilarni qo‘yib yuborishni so‘radi.
2018 yilning noyabrida Ukraina Harbiy-dengiz kuchlariga tegishli uchta kema Rossiya chegarasini buzib, dengizning vaqtincha yopiq qismiga kirgan edi. Shundan so‘ng ular Qora dengizdan Kerchen bo‘g‘ozi tomon otlangan. Rossiya Sohil xavfsizligi xizmati ukrain kemalarini qo‘lga olgnida uning bortida 22 nafar dengizchi va ikki nafar Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari bo‘lgan. Ularga nisbatan davlat chegarasini noqonuniy buzib o‘tish aybi bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Prezidentning yangi qarori bo‘yicha ma’lumot berildi
NATO rahbari: “Ukrainaga bergan va’damizni bajarmadik”
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Ukraina Qurolli kuchlari qo‘mondonlari g‘alabaga ishonishni to‘xtatishdi
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi
U-23 Osiyo kubogi. Norchayev finalda gol ursa, to‘purar bo‘lishi mumkin