date
views 4 476

Tojikistondagi qamoqxonada sodir bo‘lgan isyonda 32 kishi halok bo‘ldi (video)

Tojikistondagi qamoqxonada sodir bo‘lgan isyonda 32 kishi halok bo‘ldi (video)
Tojikiston poytaxti Dushanbe shahri yaqinidagi qamoqxonada ro‘y bergan isyon natijasida 32 kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi TASS nashri.

Xabarda aytilishicha qurbonlarning 3 nafari turma xodimlari va qolgan 29 nafari mahbuslardir.

Mazkur to‘qnashuv IShID terrorchilik tashkilotiga aloqador mahbuslar qochishga uringanidan so‘ng boshlangan. Jinoyatchilar xodimlarga pichoq va boshqa turli o‘tkir qurollar bilan hujum qilishgan.

Olib borilgan tezkor operatsiya jarayonida isyonda ishtirok etgan 30 nafardan ortiq mahbuslar qo‘lga olingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikistondagi qamoqxonada sodir bo‘lgan isyonda 32 kishi halok bo‘ldi (video)