23:06 / 24.05.2019
3 888

“Hind Trampi” saylovda yutib chiqdi

“Hind Trampi” saylovda yutib chiqdi
Hindistonda dunyodagi eng yirik parlament saylovi bo‘lib o‘tdi. Olti hafta davom etgan saylovda 550 million kishi yoxud sayyoramiz aholisining 7 foizi qatnashdi, deya xabar bermoqda Azon.uz.

Saylovda amaldagi bosh vazir Narendra Modi yetakchiligidagi hind milliyatchi partiyasi – “Bxaratiya Janata Parti” yutib chiqdi. Mazkur partiya parlamentdagi 543 o‘rindan 350 tasini egallaydi. Avvalgi saylovda esa 282 o‘rinni band qilgan edi.

Siyosatchilar Modini ko‘pincha Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga yoki AQSh prezidenti Donald Trampga o‘xshatishadi. Bunga sabab Hindiston bosh vazirining hind millatchiligini ustun qo‘yishi va musulmonlarga nisbatan malomatlaridir.

Modining asosiy raqibi – “Hind milliy kongressi” partiyasi yetakchisi Raxul Gandi ham bosh vazirni bir necha bor hind demokratiyasiga zarar yetkazishda va mamlakatda dinlararo nizolarni avj oldirishda ayblagan.

Musulmonlar Hindistondagi eng yirik diniy ozchilik hisoblanib, mamlakat aholsining 14 foizini tashkil etadi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Hind Trampi” saylovda yutib chiqdi