2 721
Internetning yangi yulduzi: Alligator ko‘rinishidagi matras ustiga yotib olgan alligator
Foto: UPI
Amerikada noodatiy hodisa suratga olindi, deb yozadi «Koresspondent.net»ga tayanib "Daryo" nashri. Unda alligator basseyndagi alligator shaklidagi damlama matrasda suzayotgani aks etgan.
Ma’lum bo‘lishicha, amerikalik Levid Jeykobs oilasi bilan Floridaning Mayami shahriga dam olgani borgan. Oila basseyni bor uyga joylashgan.
Dam olish davomida amerikaliklar ularning hududida alligator kezib yurganini ko‘rib qolgan. Timsoh ularning itiga qiziqish bildirayotganini sezgan oila itni yashirib qo‘ygan.
Alligator bilan «tanishuv»ning ertasiga Jeykobs uni basseynga tushib olganini ko‘rgan. Qizig‘i, alligator timsoh shaklidagi damlama matrasga chiqib olgan edi. Amerikalik buni suratga olib, internetga joylagan va surat tez orada internetda mashhur bo‘lib ketgan.
Sayyohlar mutaxassislarni chaqirtirgan. Ular alligatorni tutib, sayyohlar hovlisidan chiqarib, ozodlikka qo‘yib yuborgan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi