date
views 3 697

Chikagoda noyob qora karkidon tug‘ildi

Chikagoda noyob qora karkidon tug‘ildi
Amerikaning Chikago shahri hayvonot bog‘ida sharqiy qora karkidon dunyoga keldi, deb xabar qilmoqda Darakchi.uz nashri.

Ushbu tur jonivorlar yo‘qolib ketish arafasida turibdi.
13 yashar Kapuki (Kapuki) laqabli urg‘ochi soppa-sog‘ karkidonchani dunyoga keltirdi.

Mazkur karkidonlar o‘tgan asrning yetmishinchi-to‘qsoninchi yillari brakonerlar tomonidan qirila boshlagan, negki ularning shoxlari qimmatbaho hisoblanadi. Bugungi kunga kelib noyob jonivorlarni asrab qolishga qaratilgan sa’y-harakatlar natijasi o‘laroq, qora karkidonlarning soni 5 mingtaga yetdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Chikagoda noyob qora karkidon tug‘ildi