Peterburgda o‘zbekistonlik ayol va uning voyaga yetmagan qizi ishtirokida dahshatli voqea yuz berdi. Bu haqda Rossiya matbuoti xabar tarqatdi.
18 may kuni O‘zbekistonning 33 yoshli fuqarosi bo‘lgan ayol internet orqali «Vatandosh» o‘zbeklar mintaqaviy tashkiloti rahbari Usmon Baratovga murojaat qilgan. Ayolning aytishicha, 5 maydan 9 maygacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida Dachniy prospekt-24 manzilidagi uyda joylashgan kvartirada ikki nafar noma’lum shaxs uni va 12 yoshli qizini zo‘rlashgan. Shu bilan birga, ular ko‘rsatilgan kvartirada kuch bilan ushlab turilgan.
Tergov qo‘mitasi Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi (zo‘rlash) va 127-moddasi 2-qismining «d» va «j» bandlari bo‘yicha (ikki yoki undan ortiq shaxsni, shu jumladan voyaga yetmagan shaxsni noqonuniy ravishda kuch bilan ushlab turish) jinoyat ishi qo‘zg‘atdi.
Bu jinoyatni sodir etishda gumon qilinib Tojikistonning 47 yoshli fuqarosi qo‘lga olindi. U hech qayerda ishlamaydi - ya’ni, nolegal. Erkak Peterburgda migratsiya ro‘yxatida qayd etilmagan. Shuningdek, xabar qilinishicha, o‘zbekistonlik ayol va uning qizi ham migratsiya ro‘yxatiga qo‘yilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
Endi maktablarda pedagogik sinflar tashkil etiladi
"Liverpul" futbolchisi jamoadoshining xotini bilan “don olishib yurgani" ma’lum bo‘ldi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi