date
views 3 703

Muhojirlar Yevropaga mashina «bardachogi»da kirmoqchi bo‘lishdi (foto)

Muhojirlar Yevropaga mashina «bardachogi»da kirmoqchi bo‘lishdi (foto)
Foto: «CNN»
Ispaniyaning O‘rta Yer dengizidagi yirik portlaridan sanalgan Melilya shahrida avtomashina «bardachogi» orqali Yevropaga yo‘l qidirgan afrikalik muhojir aniqlandi. Bu haqda «CNN»ga tayanib Xabar.uz ma’lum qildi.

Shu bilan bir paytda Marokash va Melilya oralig‘idagi chegara punktida ham turli mashinalarda yashiringan yana uch nafar muhojir aniqlangan.

Foto: «CNN»
Uch nafar afrikalik, jumladan, 15 yoshli qiz mashinalarning turli qismlariga bekitilgan. Ulardan ikki nafari yuqoridagiga o‘xshab priborlar paneli ortiga, biri esa ort o‘rindiq ostiga yashirilgan.

Karaxt, zo‘rg‘a nafas olayotgan, bo‘g‘imlardagi kuchli og‘riqdan aziyat chekayotgan qochoqlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Bunaqa sinovlarda bechoralarning omon qolganiga ishonish qiyin...
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Muhojirlar Yevropaga mashina «bardachogi»da kirmoqchi bo‘lishdi (foto)