Foto: «Vesti.ru»
Amerikaning San-Diyego shahridagi Sharp Mary Birch shifoxonasi shifokorlari muddatidan oldin dunyoga kelgan va dunyodagi eng kam vaznga ega chaqaloq hisoblanayotgan qizchaga uyga ruxsat berdi, deb xabar berdi «Daryo» nashri.
Qizcha tug‘ilgan paytida uning vazni 245 grammga teng edi. U ko‘rinishidan kattaroq olmani eslatardi.
Ayova universitetining ma’lumotiga ko‘ra, ushbu chaqaloq dunyodagi eng mitti chaqaloq deya e’tirof etildi.
Qizcha 2018 yilning 31 dekabrida homiladorlikning 23-haftasida tug‘ilgan. Shifokorlar bola vazn yig‘mayotgani hamda bu ona hayotiga xavf solayotganini aniqladi. Shu sababli muddatidan oldin tug‘ruq haqida qaror qabul qilindi.
Qizcha besh oy mobaynida nazorat ostida bo‘ldi, hozirda uning ahvoli yaxshi ekanligi aytilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi