Putin dunyoni kim boshqarishi haqida nima dedi?

Kim sun’iy tafakkur (intellekt) sohasida yetakchi — dunyoni o‘sha boshqaradi. Kecha, 30 may kuni sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan yig‘ilishda qatnashgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin buni alohida ta’kidladi.
RF rahbarining aytishicha, sun’iy tafakkur ulkan ma’lumotlar bazasiga tayangan holda eng oqilona qarorni juda tez fursatda qabul qilish imkonini beradi.
«Agar kimda-kim sun’iy tafakkur sohasida monopol bo‘lib olsa, oqibati hamma uchun tushunarli — u jahonni boshqaradi», — dedi Putin.
Prezident sun’iy tafakkur dunyomiz kelajagini belgilab berishini, hozir sohada yetakchilik uchun kurash global miqyosga chiqib, yangi mahsulot va yechimlar chiqishi tobora tezlashib ketganini tilga oldi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!RF rahbarining aytishicha, sun’iy tafakkur ulkan ma’lumotlar bazasiga tayangan holda eng oqilona qarorni juda tez fursatda qabul qilish imkonini beradi.
«Agar kimda-kim sun’iy tafakkur sohasida monopol bo‘lib olsa, oqibati hamma uchun tushunarli — u jahonni boshqaradi», — dedi Putin.
Prezident sun’iy tafakkur dunyomiz kelajagini belgilab berishini, hozir sohada yetakchilik uchun kurash global miqyosga chiqib, yangi mahsulot va yechimlar chiqishi tobora tezlashib ketganini tilga oldi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…