Janubiy Afrika Respublikasining Sanin shahrida o‘tgan regbi uchrashuvini begemotlarning maydonga bostirib kelishi sababli to‘xtatishga to‘g‘ri keldi. Bu haqda Far North Bulletin mahalliy nashri xabar berdi.
Ikki mahalliy jamoaning o‘yini Letaba Rugby Club maydonida o‘tgan.
O‘yin vaqtida begemotlar maydonga chiqib, u yerdagi maysani yeyishga tushib ketgan.
Nashr rahbari Jo Dreyerning fikricha, bunday ko‘p begemotlarning yopirilib kelishiga stadion yaqinida Letaba daryosi joylashgani sabab hisoblanadi.
Ta’kidlanishicha, JARning shimolidagi Sent-Lyusha shaharchasi ko‘chalarida begemotlarni uchratish oddiy hol hisoblanadi. Gap shundaki, shaharcha yaqinida Isimangaliso qo‘riqxonasi joylashgan bo‘lib, u yerda ko‘plab begemotlar yashaydi. Shaharni “gippopotamlar shahri” deb ham atashadi va u yerda ko‘chalarda “Gippopotamlardan saqlaning” degan ogohlantiruvchi belgini ham uchratish mumkin.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boringLetaba Rugby Klub, Tzaneen......forwards training session @bchanakira2 @Whenna_Rugby @Kiwi_Bok @SuperSportTV @SuperRugby @Springboks @rhynosauceros pic.twitter.com/Ohy5JQYNmW
— Coach-Henco (@CoachBarriesH) May 30, 2019
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi