
Dubay hukmdori Ol Maktumning uch o‘g‘li nikoh to‘yiga tayyorgarlik boshlab yuborildi
Dubayning Zabil tumanidagi saroy va uning atrofi Dubay hukmdori, BAA vitse-prezidenti, bosh vaziri Muhammad bin Rashid Ol Maktumning uch o‘g‘lining nikoh to‘yi munosabati bilan shohona bezatila boshlandi.
BAAdagi urf-odatlarga ko‘ra, kelinning uyi ko‘cha eshigidan boshlab orqa hovlisigacha chiroqlar bilan bezaladi. Shu tariqa barcha o‘tkinchi odamlar yaqin orada bu uyda to‘y bo‘lishidan xabardor bo‘ladi.
Minglab mehmonlar, Fors ko‘rfazi davlatlarining podshohlari oilalari a’zolari taklif qilingan ushbu to‘y 6 iyunda Dubay xalqaro savdo markazi pavilonlarida bo‘lib o‘tadi. To‘yga faqat erkaklar taklif etiladi. Ayollar uchun to‘y tantanalari keyinroq o‘tkaziladi. Uning sanasi ma’lum qilinmagan.
15 may kuni Ol Maktumning uch o‘g‘li – Xamdan, Said va Ahmad bin Muhammad Ol Maktum nikoh qurgani ma’lum qilingandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar