
Foto: Facebook / SaakashviliMikheil
Ukrainaga qaytgan Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili jurnalist Dmitriy Gardonga intervyu berib, o‘zini Kiyevda qanday kutib olishgani haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, suhbat davomida Saakashvili Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hazil murojaat yo‘lladi, deb xabar beradi Daryo.uz nashri.
«O‘ylashimcha, Putinning davri tugayapti. Yaqinda Rossiyada Galustyanga o‘xshagan kimdir prezident etib saylanadi. Yoki ‘KVN’dagilardan birortasi. Ammo u yerda Zelenskiyga o‘xshagan iqtidorlilar yo‘q.
Men Rossiya kamedi-shoulari bo‘yicha mutaxassis emas. Galustyanni tanlashsa, u Putinning siyosatini o‘zgartiradi. Zelenskiy shunday bir vaziyatni yaratdiki, rossiyaliklarda uni qabul qilmaslikdan boshqa iloj yo‘q. Axir ularda ham tashabbus paydo bo‘lmoqda. Galustyan uchun xona tayyorlab qo‘yinglar. U Rossiyaning navbatdagi prezidenti», — deydi Saakashvili.
Intervyu yakunida Dmitriy Gardon «barcha prezidentlar»ga murojaat qildi. «Buyuk reformator, o‘ziga o‘zi haykal qo‘ygan inson Kiyev ko‘chalarida ko‘ylagi yengini shimarib, jinsida, qo‘riqchilarsiz bemalol sayr qilmoqda. Odamlar undan dasxat olib, yelkasini qoqqanicha ‘Misha, biz seni yaxshi ko‘ramiz’ demoqda. Bizni ko‘rayotgan barcha prezidentlarga ham shuni tilayman», — deydi ukrainalik jurnalist. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar