date
views 5 580

Voronejda Putinga «qabr toshi» o‘rnatildi (foto)

Voronejda Putinga «qabr toshi» o‘rnatildi (foto)
Voronejda Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qabr toshi paydo bo‘ldi. Unga «Afsonaviy o‘g‘ri va yolg‘onchi. Siyosiy murda» deb yozilgan. Bu haqda Daryo xabar berdi.

«Qabrtosh»ning suratlari Twitter’ga «Agit Rossiya» norozilik harakati tomonidan joylashtirilgan. Harakat suratlarni Telegram’dagi bot orqali olganini aytgan. Ushbu harakatlar orqasida kimlar turgani hali noma’lum.

Mart oyidan boshlab Rossiyaning turli shaharlarida «Vladimir Putin uchun qabr toshlar» o‘rnatilib kelinmoqda. Ulardan birinchisi Naberejniy Chelnida paydo bo‘lgan. Aksiyada ishtirok etgani uchun «Muddatsiz norozilik»ning ikki faollari hibsga olindi.

Naberejniy Chelnida o‘tkazilgan aksiyadan so‘ng «VKontakte» ma’muriyati fotosuratlarni anglashilmovchilik yuzasidan deya izoh bildirib, tarmoqdan o‘chirib tashlagan. Keyinchalik ijtimoiy tarmoq ushbu rasmlarni haqiqiy deb tan olgan va ularni qayta tiklashga va’da bergan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Voronejda Putinga «qabr toshi» o‘rnatildi (foto)