
Xitoylik delegatlar Peterburg xalqaro iqtisodiy forumining yalpi sessiyasidan keyin Xitoy raisi Si Szinpinni yiqitib yuborishlariga bir bahya qoldi.
Ma’lum qilinishicha, tadbirning rasmiy qismi yakunlangandan keyin jurnalistlar va turli davlatlar delegatlari forum ishtirokchilariga savol berish va suratga tushish uchun sahna oldiga yugurib borishgan. Xitoylik mehmonlar bunda ayniqsa jonbozlik ko‘rsatishgan. Ular o‘z yetakchilarini olqishlab, u tomon talpinishgan.
Si Szinpin pastdagi delegatlardan biri tomon egilib, u bilan ko‘l siqishmoqchi bo‘lganda, sahnadan yiqilib ketay degan. Xayriyatki, Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tansoqchilari Xitoy raisini ushlab qolib, bunga yo‘l qo‘yishmagan.
Voqeadan keyin Xitoy yetakchisi sessiyani qolgan ishtirokchilar bilan birga tark etgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Нихао! Журналисты китайского пула так горячо приветствовали Си Цзиньпина, что чуть не уронили китайского лидера. Охрана Путина помогла ему удержаться pic.twitter.com/7n1JQaYqA6
— Кремлевский пул РИА (@Kremlinpool_RIA) June 7, 2019
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar