09:57 / 09.06.2019
2 685

Qozog‘istonda prezident saylovlari boshlandi

Qozog‘istonda prezident saylovlari boshlandi
Qozog‘istonda 9 iyun soat 6dan navbatdan tashqari prezident saylovlarida ovoz berish uchun saylov uchastkalari ochildi.

Ushbu saylovlar Qozog‘istonda o‘tayotgan 6-prezident saylovlaridir. Mamlakatni deyarli 30 yil boshqargan Nursulton Nazarboyev 20 mart kuni prezident vakolatlarini topshirgandi. Vaqtinchalik prezident etib parlament yuqori palatasi spikeri Qosim-Jomart Toqayev tayinlangandi.

Prezident lavozimi uchun 7 nomzod, jumladan Qosim-Jomart Toqayev kurash olib boradi, ulardan 4 nafari partiyalardan, 3 nafari jamoatchilik birlashmalari tomonidan ilgari surilgan. Ular: Qosim-Jomart Toqayev, Jambil Axmetbekov, yagona va ilk ayol nomzod Daniya Yespayeva, Toleutay Raximbekov, Amirjan Kosanov, Sadibek Tugel va Amangeldi Taspixov.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatdagi saylovchilarning umumiy soni 11 947 995 kishini tashkil qiladi. 15 ming kishi xorijda ovoz berishi kutilmoqda. Saylovlarni kuzatish uchun 1013 xalqaro kuzatuvchi va xorijiy davlatlar vakillari akkreditatsiya olgan. Ulardan 866 nafari 9 ta xalqaro tashkilotdan va 147 nafari 41 ta xorijiy davlatdan tashrif buyurgan.

Ovoz berish soat 20.00da yakunlanadi. 4 ta g‘arbiy viloyat – G‘arbiy Qozog‘iston, Atirau, Oqto‘be va Mang‘istauda vaqtdagi farq sababli saylov uchastkalari bir soat keyin yopiladi.

Prezident 5 yillik muddatga saylanadi. Saylovlarda ovoz beruvchilarning tashrif buyurish chegarasi bo‘lmaydi, ular har qanday vaziyatda bo‘lib o‘tgan deb hisoblanadi. G‘alaba uchun nomzod 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘plashi lozim bo‘ladi, agar bunga hech kim muvaffaq bo‘lmasa, saylovlarning 2-bosqichi belgilanadi.

Saylovlar natijalarini e’lon qilish, saylangan prezidentni ro‘yxatga olish uchun 7 kun ko‘zda tutilgan. Saylovlar bilan bog‘liq barcha jarayonlar 16 iyungacha yakunlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda prezident saylovlari boshlandi