date

Megan Markl tug‘uruqdan so‘ng birinchi marta ommaga ko‘rinish berdi (video)

Megan Markl tug‘uruqdan so‘ng birinchi marta ommaga ko‘rinish berdi (video)
Foto: Getty Images
Megan Markl o‘g‘li tug‘ilganidan so‘ng birinchi marta turmush o‘rtog‘i shahzoda Garri bilan omma oldida chiqish qildi, deb yozmoqda «Daryo» nashri.

Ular Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchining tug‘ilgan kunini bu yili ikkinchi marta nishonlayotgan Trooping the Colour an’anaviy harbiy paradida ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, paradda 1400 nafar harbiy va 400 nafar musiqachilar ishtirok etgan, 200 ta ot jalb etilgan.

Marosimni, shuningdek, Kembrij gersogi va gersoginyasi Uilyam va Keyt hamda ularning uch nafar farzandi — Jorj, Lui va Sharlotta ham kuzatgan.

Shahzoda Garri va Megan Markl 6 may kuni o‘g‘illi bo‘lgan. Unga Archi Harrison Mauntbetten-Vindzor deb ism qo‘yildi.
Monarxlarning tug‘ilgan kunini iyunda nishonlash 1748 yilda paydo bo‘lgan. Yelizaveta Ikkinchining haqiqiy tug‘ilgan kun 21 apreldir.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Megan Markl tug‘uruqdan so‘ng birinchi marta ommaga ko‘rinish berdi (video)