Foto: EPA
AQShda jekpot qiymati 530 million dollar bo‘lgan Mega Millions lotoreyasi o‘ynaldi, deb xabar berdi «Korrespondent.net». Lotereya saytida yutuq Kaliforniyada sotilgan chiptalardan biriga chiqqani ma’lum qilingan.
O‘yin 7 iyun kuni o‘tkazilgan. Sotilgan chiptada jekpot yutib olish uchun kerak bo‘lgan barcha raqamlar — 17, 19, 27, 40, 68 va oltin «mega-shar» 2 mos kelgan.
Qayd etilishicha, bu Mega Millions tarixida yutib olingan eng katta jekpotlarning yettinchisidir. Agar g‘olib yutuqning barchasini birdan olishni xohlasa, unga faqat 345,2 million dollar beriladi (qolgani soliq va boshqa to‘lovlar ko‘rinishida ushlab qolinadi).
Eslatib o‘tamiz, 2018 yilning oktyabr oyida Mega Millions lotereyasi tarixida rekord jekpot bo‘lgan 1,5 milliard dollar o‘ynalgan edi. Keyinchalik chipta Janubiy Karolinada sotilgani ma’lum bo‘lgan. Omadli chipta egasi salkam 878 million dollarni bir martalik naqd pul ko‘rinishida olishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekiston tibbiyot OTMda 5 ming nafardan ko‘proq hindistonlik o‘qiyotgani ma’lum bo‘ldi
G‘azo himoyasidagi oliygohlar yoxud AQSHda "talabalar bahori"
118:9: “Barselona” futbol o‘ynashni qizlardan o‘rgansin!
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Belarusdagi "Miori" va "Rossoni" o‘yini 50:0 hisobida yakunlandi
Vashingtondagi maktabda otishma sodir bo‘ldi
Afg‘onistonda sayyohlarning xavfsizligi qanday ta’minlanmoqda?
Rossiya IIV Ukrainaning amaldagi va sobiq prezidentini qidiruvga berdi