date
views 2 851

Kim Chen Inning akasi MRBga ishlagan

Kim Chen Inning akasi MRBga ishlagan
Foto: «Korrespondent.net»
KXDR yetakchisi Kim Chen Inning 2017 yilda o‘ldirilgan akasi Markaziy razvedka boshqarmasiga ma’lumotlarni yetkazib turgan, deb xabar beradi «Daryo.uz» nashri.

The Wall Street Journal’ning yozishicha, 2017 yilning fevralida Kim Chen Nam Malayziyaga Amerika razvedkasining josusi bilan uchrashish maqsadida kelgan.

«Amerika josusi va janob Kim o‘rtasida aloqa o‘rnatilgan», — deydi shaxsni noma’lum qolishini so‘ragan manba.

Kim Chen Nam 2017 yil 13 fevral kuni Kuala-Lumpur aeroportida o‘ldirilgan edi. Uning yuziga asabni falajlovchi VX kimyoviy moddasi sepib ketilgan. Qo‘lga olingan ayollar aybini tan olmagan. Sudda ularning advokatlari ayollar yanglishtirib, reality-shouda ishtirok etishayotgani va hayot uchun xavfsiz bo‘lgan suyuqlik sepishlariga ishontirilganini aytgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen Inning akasi MRBga ishlagan