
Qozog‘istonda o‘tgan prezidentlik saylovlarida Nur-Sulton va Olma-ota shaharlarida o‘tkazilgan noqonuniy mitinglar davomida 700 ga yaqin kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Qozog‘iston IIV matbuot xizmati ma’lum qildi.
Boshqa shaharlarda qo‘lga olinganlar haqida ma’lumot yo‘q. Ruxsat berilmagan miting davomida uch nafar politsiya xodimi jarohat olgan.

Xabarda ta’kidlanishicha, Nur-Sultonda va Olma-ota shaharlarida mitinglarni sud tomonidan ekstremistik tashkilot sifatida taqiqlangan, “Qozog‘istonning demokratik tanlovi” tashkiloti tarafdorlari tomonidan uyushtirildi.
Ular xorijdagi rahbarlarning topshiriqlarini bajarishgan. Saylovlar vaqtida jamoat tartibini buzish maqsadida noqonuniy tarzda mitinglar tashkil qilishgan.
Qozog‘istonMitinglarPrezidentlik SaylovlariOlma-otaNur-SultonEkstremistik Tashkilotlar O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar