07:45 / 14.06.2019
2 567

Inflyatsiya tufayli Venesuela besh xonali qiymatdagi banknotlar chiqardi

Inflyatsiya tufayli Venesuela besh xonali qiymatdagi banknotlar chiqardi
Foto: TJournal
Venesuela Markaziy banki 10 ming, 20 ming va 50 mingli suveren bolivar banknotlarini muomalaga chiqardi. Bu bilan endi to‘lovlar va xalqaro hisoblar yanada samarali amalga oshiriladi. Bu haqda Daryo.uz xabar berdi.

2018 yil avgustda bolivardan nominal qiymati bo‘yicha beshta nol olib tashlangan edi. Yangi valyuta «suveren bolivar» deb nomlangan. Bu davrda eng yirik kupyura 500 suveren bolivar bo‘lib qolgan edi.

2018 yilda Venesueladagi inflyatsiya 1,37 million foizni tashkil etgan, 2019 yilda esa 10 million foizni tashkil etishi bashorat qilinmoqda.

Venesueladagi eng kam ish haqi 40 ming suveren bolivar (6,5 dollar). Ba’zi fuqarolarga 25 ming suveren bolivar (taxminan 4 dollar) ustama haqi beriladi. 2018 yil mobaynida mamlakatda eng kam ish haqi besh barobarga oshgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Inflyatsiya tufayli Venesuela besh xonali qiymatdagi banknotlar chiqardi