
AQSh Qurolli kuchlarining markaziy qo‘mondonligi Eron harbiylari Ummon bo‘g‘ozidagi tankerga o‘rnatilib, portlamay qolgan minani yechib olayotgani tasvirlangan videoni namoyish etdi.
Qo‘mondonlik xabariga ko‘ra, Eron islom inqilobi soqchilari korpusi harbiylari 13 iyun kuni, hujumdan 11 soat o‘tib «Kokuka Koreyjers» tankeridan ishlamay qolgan minalarni yechib olishgan.
AQSh vakilining qayd etishicha, tankerdan evakuatsiya qilingan dengizchilar ayni vaqtda «Beynbrij» esminetsida bo‘lib turishibdi.
Worth mentioning that a @USNavy P-8 surveillance plane spotted an unexploded limpet mine attached to the hull of the KOKUKA COURAGEOUS, according to a @DeptofDefense official. Footage has yet to be released. https://t.co/uKpdwHPBmJ
— Christiaan Triebert (@trbrtc) June 13, 2019
13 iyunda Ummon ko‘rfazida «Front Altair» va «Kokuka Koreyjers» neft tankerlariga hujum qilindi. AQSh bu hodisa ortidan Ummon ko‘rfaziga raketa esminetsi yubormoqda.
AQSh Davlat kotibi Mayk Pompeo Eron hukumatini Ummon ko‘rfazidagi tankerlarga uyushtirilgan hujumda aybladi. Eron bu ayblovlarni rad etdi.
Shunga o‘xshash holat may oyida BAA sohillari yaqinida kuzatilgandi. O‘shanda 4ta tankerga hujum uyushtirilgandi. AQSh o‘shanda ham bu hujum ortida Eron turganini aytgan, rasmiy Tehron buni tan olmagandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar