13:48 / 14.06.2019
2 783

ShHTning Bishkek sammiti boshlandi (foto)

ShHTning Bishkek sammiti boshlandi (foto)
Bishkek shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisi boshlandi.
Suratga tushish marosimidan so‘ng tor doiradagi uchrashuv o‘tkazildi.


Majlisni Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov ochdi.

Sammitda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Mamlakatimiz Shanxay hamkorlik tashkiloti doirasidagi aloqalarda faol ishtirok etib kelmoqda. Davlatimiz rahbarining tashabbuslari tuzilmaning xalqaro nufuzini oshirish, hamkorlik qamrovini kengaytirishga xizmat qilmoqda.

2018 yil iyunda Sindaoda o‘tgan sammitda ShHT davlat rahbarlarining Yoshlarga murojaati hamda uni amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar dasturi qabul qilindi. Sentyabrda esa Toshkent shahrida ShHTga a’zo mamlakatlar temir yo‘l idoralari rahbarlarining birinchi uchrashuvi o‘tkazildi.

Yana shunday tashabbuslarga muvofiq, Samarqand shahrida «Ipak yo‘li» turizm xalqaro universiteti, Toshkent shahrida Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tashkil etildi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin.

Majlisda Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi aloqalarni har tomonlama kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Prezidentimiz mintaqada savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, transport kommunikatsiyalari, axborot texnologiyalari va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlash kabi masalalar bo‘yicha dolzarb fikrlar bildirdi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ShHTning Bishkek sammiti boshlandi (foto)