15:57 / 14.06.2019
2 886

Donbass aholisiga Rossiya pasportlarini berish boshlandi

Donbass aholisiga Rossiya pasportlarini berish boshlandi
“DXR” va “LXR” aholisiga Rossiya pasportlarini berish boshlandi. Bu haqda RBKga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, hujjat berish Rossiya-Ukraina chegarasidagi ikkita vaqtincha o‘tkazish punktida tashkil etilgan. RBK suhbatdoshlaridan birining aytishicha, hozirda 1,2 ming nafar Donbass fuqarosining pasport olish bo‘yicha arizasi ma’qullangan, “DXR” va “LXR”ning jami 12 ming aholisidan ariza kelib tushgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin aprel oyi oxirida “DXR” va “LXR” fuqarolariga Rossiya fuqaroligini berish tartibini soddalashtirish bo‘yicha farmonga imzo chekkandi.

Putinning so‘zlariga ko‘ra, pasport berish «sof gumanitar tusga» ega, chunki Donbass aholisi bemalol ko‘chib o‘ta olmayapti, o‘z ehtiyoj va huquqlarini qondira olmayapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donbass aholisiga Rossiya pasportlarini berish boshlandi