
Foto: EPA
Moskva Kiyev bilan aloqalarni tiklaydi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Mir” telekanaliga bergan intervyusida maʼlum qildi, deya xabar beradi “Daryo.uz” nashri.
Putin Ukrainada Vladimir Zelenskiy hokimiyatga kelganidan soʻng ikki davlat munosabatlari kelajagini qanday koʻrayotganiga izoh berdi.
“Biz shak-shubhasiz aloqalarimizni tiklaymiz. Bir xalqning turli qismlari oʻrtasidagi munosabatlar bunday qolishi mumkin emas. Siyosiy elitalar bilan munosabatlarimizdan qatʼiy nazar shunday boʻladi”, — dedi Rossiya prezidenti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar