
Foto: Voronej IIB matbuot xizmati
Rossiyaning Voronej viloyatida yengil mashina va mikroavtobus to‘qnashuvida 8 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda «Korrespondent.net»ga tayanib Daryo xabar bermoqda.
Viloyat IIB matbuot xizmatining bildirishicha, 15 iyun kuni kechki payt Voronej—Lugansk yo‘lining 59-kilometrida Ford Focus va Volkswagen Transporter mikroavtobusi yuzma-yuz to‘qnashgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ford Focus haydovchisi boshqaruvni uddalay olmay, yo‘lning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan.
YTH oqibatida 7 kishi hodisa joyida halok bo‘lgan, ayol va uning 10 yashar qizi kasalxonaga yotqilgan. Ona jarohatlar tufayli keyichalik hayotdan ko‘z yumgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar