
Foto: «BBC»
Tailand politsiyasi ikki nafar italiyalik — Franchesko Galdelli va Vanya Goffini hibsga oldi. Galdelli va Goffi amerikalik aktyor Jorj Kluni nomidan biznes yuritib, odamlarni aldab kelishgan, deydi «VVS»ga tayanib Xabar.uz nashri.
Kluni o‘z nomidan ish ko‘rib uning brendidagi kiyim-kechaklar savdosi bilan shug‘ullanib kelayotgan Galdelli va Goffini 2010 yilda sudga bergandi. 2013 yili esa ikkovlonni Interpol qidirishga tushdi. Ular o‘z vatanlarida ham qator firibgarliklarni sodir etganlikda ayblanyapti.

Foto: «BBC»
Galdelli va Goffi Tailand va Italiya politsiyasi hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir chog‘i Pattayyada tutildi. Ular Italiyadagi sud ta’qibidan bu yerga 2014 yilda qochib kelib yashirinishgan. Ammo vaqtni bekor ketkazishmagan: internetda qalbaki «Rolex» soatlarini sotish bilan shug‘ullanishgan.
Tailand politsiyasi italiyaliklarni firibgarlikdan tashqari migratsiya to‘g‘risidagi qonunni buzganlikda ham ayblayapti — ularning vizasi eskirib ketgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar