Foto: Sputnik
Qozog‘istonda ruxsat berilmagan mitinglarni oldini olish jarayonida 300 dan ortiq politsiyachi jarohatlandi. Ulardan 6 nafar shifoxonaga yotqizildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Nur-Sulton va Olma-Otada ommaviy norozilik aksiyalari o‘tkazildi. Saylov kunida ikkita yirik shaharda yuzlab kishilar qo‘lga olindi. Dushanba, 17 iyun kuni ham politsiya ko‘plab namoyishchilarni ushladi.
Ommaviy namoyishlarga aholini internet orqali Fransiyada istiqomat qiluvchi «Qozog‘iston demokratik tanlovi» (ekstremistik deb tan olingan) harakati rahbari Muxtar Ablyazov chorladi. U o‘z tarafdorlarini prezident saylovlarini boykot qilishga chaqirdi.
«Uch yuzdan ortiq politsiya xodimlari tan jarohat oldi, hozirgi vaqtda ulardan 6 nafari shifoxonada. Bu 3 sutka – 9, 10, 11 iyun... Politsiya hech qanday maxsus vositalarni qo‘llamadi», — deydi vazir.
Eslatib o‘tamiz, saylov davrida 9 va 10 iyun kunlari Nur-Sulton va Olma-ota shaharlarida o‘tkazilgan noqonuniy mitinglar davomida 700 ga yaqin kishi qo‘lga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rassom oddiy narsalardan sehrli va qiziqarli san’at asarlari yaratmoqda
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Xoakin Bakli "qattiq" jangchi. Biroq Nursulton Ro‘ziboyev...