Buyuk Britaniyada og‘ir bemor to‘ydan bir necha soat o‘tib vafot etdi

Buyuk Britaniyada og‘ir bemor to‘ydan bir necha soat o‘tib vafot etdi
Foto: «Dailymail.com»
Buyuk Britaniyaning Katta Manchester grafligi Uigan shahrida kasalxona xodimlari vafot etish arafasida bo‘lgan bemorga to‘y uyushtirdi. Bu haqda Daily Mail'ga tayanib Daryo xabar berdi.

Nik Glover ismli 51 yoshli bemor iyun oyida uylanmoqchi bo‘lgan. Ammo kasalligi tufayli rejani o‘zgartirishga to‘g‘ri kelgan. O‘tgan yili unda oshqozonosti bezi saratoni kasalligi aniqlangan. Bemor 27 aprel kuni kasalxonaga yotadi, ertasi kuni esa shifokorlar unga to‘yni kechiktirmaslik kerakligini aytadi.
Buyuk Britaniyada og‘ir bemor to‘ydan bir necha soat o‘tib vafot etdi
Foto: «Dailymail.com»

To‘y o‘sha kuniyoq kasalxona ibodatxonasida o‘tkazilgan. Baxtli tasodif tufayli shaharga Gloverning mamlakatning boshqa chekkasida yashaydigan singlisi kelgan bo‘lgan, uning guvohlik qilishi kerak bo‘lgan do‘sti esa so‘nggi daqiqalarda Shotlandiya safaridan qaytishga ulgurgan. Erkak to‘ydan bir necha soat o‘tgach vafot etgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar